Jahon | 21:34 / 18.05.2023
19972
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: Italiya shimolida suv toshqini oqibatlari

20 dan ortiq daryo qirg‘og‘idan toshib chiqqan, 9 kishi halok bo‘lgan, minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Italiyaning shimoliy qismiga kuchli yomg‘irlar yog‘ib, 20 dan ortiq daryo qirg‘oqlaridan toshib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Mahalliy rasmiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, may boshidan buyon 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, qancha odam bedarak yo‘qolgani hozircha ma’lum emas.

Kamida 23 ta aholi yashash manzillarini suv bosgan, bu 50 mingdan ortiq kish elektr energiyasidan uzilishiga, uyali aloqa tarmoqlariga zarar yetkazilishiga va transport harakati izdan chiqishiga olib keldi. 

Emiliya-Romanya regioni eng jiddiy darajada talafot ko‘rgan: bu hududda «Formula 1» Gran-pri bosqichini bekor qilishga to‘g‘ri keldi. Italiya shimolida yomg‘irlar keyingi kunlarda ham davom etadi. Shuningdek, Xorvatiya va Bosniyada yomg‘irlar mavsumi boshlangan. Quyida Italiya shaharlari duch kelayotgan suv toshqini oqibatlari aks etgan suratlar.

Budrio shahri, 17 may
Ansa / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Bolonya atrofi, 17 may
Claudia Greco / Reuters / Scanpix / LETA
Faensa va Froli shaharlari orasidagi shossening suv bosgan uchastkasi, 17 may
Bernd März / Action Press / Vida Press
Bernd März / imago images / Scanpix / LETA
Bernd März / imago images / Scanpix / LETA
Chezena shahri, 17 may
Max Cavallari / EPA / Scanpix / LETA
Bernd März / imago images / Scanpix / LETA
Serrano / AGF / Shutterstock / Vida Press
Chezena, 17 may
Alessandro Serrano / AFP / Scanpix / LETA
Bolonya atrofi, 17 may
Claudia Greco / Reuters / Scanpix / LETA
Kastel-Boloneze kommunasi, 17 may
Piero Cruciatti / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chezena, 17 may
SplashNews / FOTOGRAMMA / IPA / Vida Press
Chezena, 17 may
Alessandro Serrano / AFP / Scanpix / LETA
Fayensa, 17 may
Tommaso Romanin / EPA / Scanpix / LETA
Lugo, 18 may
Federico Scoppa / AFP / Scanpix / LETA
Rimini, 17 may
SplashNews / FOTOGRAMMA / IPA / Vida Press
Emilya-Romanyadagi manzilgohlardan biri, 16 may
SplashNews / DAPRESS / Vida Press
Chezena, 18 may
Photo by Alessandro SERRANO / AFP
Imola shahridan o‘tuvchi Santerno daryosi, 17 may
Luca Bruno / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid