Italiyada 22 mart, yakşanba kuni boş vazir Jorja Meloni tomonidan ilgari surilayotgan mamlakat sud-tergov tizimini isloh qiliş böyiça ikki kunlik referendum boşlandi. Ovoz beriş uçastkalari 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 23:00 gaça, 23 mart kuni esa 07:00 dan 15:00 gaça oçiq böladi.
Italiya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, referendumda ovoz beriş huquqiga ega bölganlar soni 51 424 729 nafarni taşkil etadi, ulardan 5 477 619 nafari xorijda yaşaydi, deya aniqlik kiritgan ANSA agentligi.
Islohotni amalga oşiriş uçun konstitutsiyaga tuzatişlar kiritiş talab etiladi. Tanqidçilar esa sud tizimining mustaqilligi xavf ostida qolişini aytmoqda.
Italiyada yagona imtihondan ötgan şaxslar prokuror lavozimidan sudyalikka, yoki aksinça, sudyalikdan prokurorlikka ötişi mumkin. Islohot esa bu ikki yönalişni bir-biridan ajratişni nazarda tutadi: sudyalar faqat öz vazifasini, prokurorlar esa faqat öz vazifasini bajaradi.
Sud hokimiyatining özini özi boşqarişi va uning qonun çiqaruvçi hamda ijro etuvçi hokimiyatdan mustaqilligini ta’minlab kelayotgan Oliy magistratura kengaşi (CSM)ni ham ikki tuzilmaga — alohida sudyalar va alohida prokurorlar uçun böliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, tarkibi 15 a’zodan iborat bölgan Oliy intizom sudini tuziş közda tutilmoqda. Bundan taşqari, yangi özini özi boşqariş organlariga saylovlarning bir qismi qur’a taşlaş — ya’ni nomzodlarni tasodifiy tanlaş — orqali amalga oşirilişi kutilmoqda.
Nihoyat, uşbu organlarni şakllantirişda parlament ham iştirok etadi va siyosatçilar kadrlar böyiça qarorlarga köproq ta’sir körsatiş imkoniga ega böladi, deya aniqlik kiritgan dpa agentligi.
Şu bilan birga, masalan, Neapol prokurori Nikola Gratterining fikriça, Italiya samarasiz eski tizim örniga yanada siyosiylaşgan yangi modelga ega bölib qolişi xavfi bor.
Şu bilan birga, tanqidlarga qaramay, fuqarolarning katta qismi Italiya sud tizimi haqiqatan ham islohotga muhtoj ekaniga qöşiladi. Dpa yozişiça, mamlakatda hukm çiqariş jarayoni köpinça boşqa köplab davlatlarga qaraganda ança uzoq davom etadi.
Sörovnomalarga köra, italiyaliklarning ön nafaridan atigi tört nafari sud tizimiga işonadi.

















