Jahon | 10:34 / 19.05.2023
4181
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh G7 sammitida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi

Xirosimada taqdim etiladigan yangi cheklovlar paketi doirasida AQSh Rossiya va uchinchi davlatlardan yana 70 ta tashkilot eksportini to‘xtatadi. 300 nafar jismoniy shaxslar, kompaniyalar, kemalar va samolyotlar ham sanksiyalar ostida qoladi.

Foto: Reuters

18 may, payshanba kuni AQSh ma’muriyatining yuqori martabali mulozimlaridan biri Rossiyaning Ukrainadagi urushiga javoban AQSh Yaponiyadagi G7 sammitida yangi sanksiyalar paketini taqdim etishi haqida xabar berdi. G7 boshqa davlatlari ham o‘z cheklovlarini e’lon qiladi.

"Katta yettilik"ning barcha a’zolari yangi sanksiyalar joriy etishga va eksport nazoratini kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hamkorlar nima qilayotgani haqida batafsil ma’lumot bermayman, ammo Qo‘shma Shtatlar o‘zining muhim chora-tadbirlar paketini taqdim etadi", - deya Oq uy matbuoti amaldorga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan "jang maydoni uchun muhim ahamiyatga ega" tovarlar toifalariga jiddiy cheklovlar, shuningdek, Rossiya va uchinchi davlatlardan 70 ga yaqin tashkilotni tovarlarni Amerika Qo‘shma Shtatlaridan import qilish imkoniyatidan ularni AQSh Savdo vazirligining qora ro‘yxatiga kiritish orqali mahrum etishni o‘z ichiga oladi. 

Bundan tashqari, AQSh 300 dan ortiq jismoniy shaxslar, kompaniyalar, kemalar va samolyotlarga qarshi sanksiyalar e’lon qiladi. Ushbu chora-tadbirlar "moliyaviy vositachilar", Rossiyaning kelajakdagi energiya va tog‘-kon quvvatlari va "urushni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan boshqa sub’yektlar" harakatlariga nisbatan allaqachon kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tishga qaratilgan bo‘ladi, dedi ma’muriyat rasmiysi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid