O‘zbekiston | 11:06 / 19.05.2023
5951
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari ayrim hududlarda harorat 38 darajagacha ko‘tariladi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati +25...+30 daraja, janubiy hududlarda +35 daraja atrofida bo‘lgan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

20 mayda faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

21 mayda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va +31...+33 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +35...+38 darajani tashkil etadi.

19-20 mayda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +25...+27 daraja bo‘ladi.

Shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +27...+29 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid