Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
Gretsiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron konservativ “Yangi demokratiya” partiyasi 40,8 foiz ovoz olgan.
Gretsiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida hukmron konservativ “Yangi demokratiya” (ND) partiyasi yirik g‘alabaga erishdi. 22 may, dushanbaga o‘tar kechasi mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar qilganidek, Gretsiyaning amaldagi bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning partiyasini saylovchilarning 40,8 foizi qo‘llab-quvvatladi.
Biroq, bu ND hukumatni mustaqil ravishda shakllantirishi uchun yetarli emas. Avvalroq Mitsotakis boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Agar u o‘z fikridan qaytmasa, iyun oxiri yoki iyul oyining boshida takroriy saylovlar o‘tkaziladi.
Gretsiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ovoz berishning dastlabki natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda 20,1 foiz ovoz bilan muxolifatning asosiy uyushmasi – sobiq bosh vazir Aleksis Tsiprasning Radikal so‘l kuchlar koalitsiyasi turibdi.
Umumgrek sotsialistik harakati (PASOK) 20,1 foiz ovoz (saylovda uchinchi o‘rin) to‘pladi.
https://www.dw.com/ru/v-grecii-pravasaa-partia-pobedila-na-parlamenskih-vyborah/a-65693205
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026