Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta o‘rtalariga borib harorat foni pasayadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va yoz kabi issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +32...+35 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +36...+38 darajani tashkil etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat 23-24 may kunlari respublika sharqiy hududlarining eng chekka qismida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qozog‘iston hududi ustida joylashgan antitsiklon ta’siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati +25...+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga borib, harorat yana +31...+33 darajagacha ko‘tariladi.
23-24 may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida hafta davomida momaqaldiroqli yomg‘irlar bilan kuchsiz berqarorlik bo‘lishi kuzatiladi.
Poytaxtda bugun va haftaning oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24 may kunlari shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi havo harorati +31...+33 daraja bo‘ladi, qolgan kunlarda esa harorat asosan +26...+30 daraja atrofida bo‘ladi.