Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 3,3 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 2,9 mlrd hamda 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 1,0 mlrd;
- Koreya – 802,1 mln;
- Germaniya – 787,4 mln;
- Qirg‘iziston – 326 mln;
- Turkmaniston – 312,6 mln;
- Afg‘oniston – 259,5 mln;
- Fransiya – 253,6 mln.
2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,3 mlrd dollarga yoki 13,4 foizga oshgan.
Statistika agentligiga ko‘ra, 4 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 7,7 mlrd dollarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, respublika tashqi savdo aylanmasi hajmida import ko‘rsatkichi 11,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
18:30
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi
12:30 / 05.10.2024
YeK: Xitoy elektromobillariga bojlarni oshirish yo‘li ochildi
01:00 / 05.10.2024
Xitoyda 1000 marta o‘tirib-turishga majburlangan o‘quvchi butun umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin
21:03 / 04.10.2024