Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimda Zelenskiyning rafiqasiga tegishli kvartira sotib yuboriladi
Qrim Davlat kengashi "rahbari"ning so‘zlariga ko‘ra, Yaltada Yelena Zelenskayaga berilgan kvartira kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning rafiqasi Yelenaga berilgan kvartira Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilingan Qrimning “Davlat kengashi deputatlari” qarori bilan “milliylashtirildi”. Yig‘ilish 24 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Yaltadagi kvartiraning taqdiri haqida "parlament rahbari" Vladimir Konstantinov xabar berdi.
Unga ko‘ra, mulk kimoshdi savdosiga qo‘yilishi rejalashtirilgan. “Interfaks-Yug” agentligi xabariga ko‘ra, 24 may kuni Qrimda 57 ta ko‘chmas mulk obekti “milliylashtirildi”.
“Pullar, birinchi navbatda, maxsus harbiy operatsiyada halok bo‘lganlarning oilalari, safarbar qilinganlarning oilalari ehtiyojlariga yo‘naltiriladi”, - dedi Konstantinov “Rossiya 24” telekanali efirida.
Vladimir Konstantinovning so‘zlariga ko‘ra, "milliylashtirish"dan keyingi tartib mulkni boshqarish uchun maxsus yaratilgan tuzilma tomonidan amalga oshiriladi.
Zelenskiyning o‘zi va uning rafiqasi ma’lumotlarga hozircha izoh bermadi va obekt Yelena Zelenskayaga tegishli ekanligini tasdiqlamadi.
Mavzuga oid
00:07 / 10.12.2023
Zarur yordamsiz dunyo shunchaki o‘lishimizga qo‘yib beradi - Zelenskaya
21:51 / 13.04.2023
Yelena Zelenskaya TIME jurnalining eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kirdi
11:22 / 24.10.2022
Yelena Zelenskaya: «1984» romani bugungi Rossiyani tasvirlaydi
21:50 / 20.07.2022