Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy eronliklarga Rossiyaga berilgan dronlar bo‘yicha murojaat qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Eron xalqiga mamlakat hukumati tomonidan Rossiyaga hujumkor dronlar yetkazib berilishi yuzasidan murojaat qildi.
Foto: president.gov.ua
"Men to‘g‘ridan to‘g‘ri Eron xalqiga murojaat qilmoqchiman. Hammaga - jamiyatga, Eron ulamolariga, har bir eronlik oilaga, Erondagi hukumat qarorlariga ta’sir o‘tkaza oladigan odamlarga. Oddiy savol: nima uchun siz Rossiya terrorining sheriklari bo‘lishingiz kerak? Nega yovuz davlat tomonidasiz? Dunyo nima bo‘layotganini ko‘rib turibdi, siz ham Eronda hammasini ko‘ryapsiz. Yovuzlik qo‘llab-quvvatlanayotganini inkor etib bo‘lmaydi", — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jami Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab 1160 ga yaqin Eronning "Shahed" dronlarini uchirgan, ulardan 900 tasi urib tushirilgan.
"Sizning "Shahed"laringiz har kecha Ukrainani qo‘rqitish bilan Eron xalqi tarixning qorong‘i tomoniga borgan sari kirib borayotganini anglatadi", dedi Zelenskiy va Eronni "yovuzlik bilan emas, tarixning narigi tomonida bo‘lishga" chaqirdi.
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
18:01 / 12.05.2026
BAA Eronga yashirincha hujumlar uyushtirib kelmoqda – WSJ
08:34 / 12.05.2026
BAA Eronga qarshi yashirin hujumlar uyushtirgani ma’lum bo‘ldi
23:12 / 11.05.2026