Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
Eronga qarshi operatsiya allaqachon so‘nggi yillardagi eng qimmat kampaniyalardan biriga aylandi.
Eronga qarshi harbiy operatsiya allaqachon Amerika budjetiga 29 milliard dollarga tushgan. Bu haqda Kongressdagi eshituvlarda Mudofaa vaziri o‘rinbosari va Pentagon moliya direktori Juls Herst ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ning qariyb 24 milliard dollari bevosita qurol-yarog‘ va jangovar harakatlarni ta’minlashga, jumladan o‘q-dorilar, raketalar, qurol-yarog‘ va boshqa harbiy texnikalarga sarflangan.
«Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi jamoasi va moliya boshqarmasi bu qiymatni doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqmoqda», dedi Herst.
Uning aniqlik kiritishicha, yangilangan xarajatlarga texnikani ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, kampaniyani olib borish bilan bog‘liq operatsion sarflar ham kiritilgan.
Kongressdagi eshituvlar AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset, Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn va Pentagonning boshqa vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
29 aprelda Pentagon urush xarajatlarini 25 milliard dollarga baholagan edi. Shunday qilib, ikki haftadan kamroq vaqt ichida xarajatlar yana 4 milliard dollarga oshdi.
Bundan tashqari, aprel oyida Pentagon Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlanganidan beri yo‘qotishlarni sanab o‘tdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Eronga qarshi harbiy kampaniya davomida 365 nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralangan va 13 kishi halok bo‘lgan. Yaradorlar orasida eng katta ulushni quruqlikdagi qo‘shinlar (247 kishi) va flot (63 kishi) harbiy xizmatchilari tashkil etadi. Shuningdek, 19 nafar dengiz piyodasi va 36 nafar AQSh harbiy-havo kuchlari xodimi yaralandi.