Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan ikki bolaning jasadi topildi
Paxtachi tumanida yashovchi uch bola Zarafshon daryosida cho‘kib ketgan va ulardan birining jasadi avvalroq topilgan edi.
Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, qolgan ikki bolaning jasadi ham topilgan.
Hodisa 2023 yil 25 may kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan. Cho‘milishga borgan uch bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, cho‘kib ketgan bolalar 2009 yil tug‘ilgan va Paxtachi tumanidagi 13-maktabning 7-sinf o‘quvchilari bo‘lgan.
26 may kuni FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bolalardan birining murdasi topilgan. Qolgan ikki nafar bolani qidirib topish ishlari davom etayotgan edi.
Mavzuga oid
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
20:00 / 05.06.2026
To‘rt bolaning “boshini yegan” elektromopedmi yoki?.. - Paxtachidagi fojia tafsilotlari
10:23 / 06.09.2025
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
19:06 / 14.08.2025