Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Moldovadagi beqarorlik uchun birinchi marta sanksiyalar kiritdi
Yevropa Ittifoqi tomonidan besh kishi jazolandi, jumladan rossiyaparast "Shor" partiyasi rahbari. Bundan tashqari, Moldova va Rossiya Federatsiyasining ikki fuqarosi Ukrainaga tahdid yaratgani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Yevropa Ittifoqi ilk bor “Moldovadagi vaziyatni beqarorlashtirish, uning suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazish yoki tahdid yaratishga qaratilgan harakatlar” uchun sanksiyalar kiritdi. YeI Kengashining tegishli qarori 30 may, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi.
Moldovadagi beqarorlik uchun besh kishi jazolandi. Ulardan to‘rt nafari Moldova fuqaroligiga ega. Bular rossiyaparast “Shor” partiyasi yetakchisi Ilan Shor, ushbu partiyadan Moldova parlamenti deputati Marina Tauber, davlat mablag‘larini o‘g‘irlash bo‘yicha bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan oligarx Vladimir Plaxotnyuk, shuningdek, sobiq kuchishlatar tuzilma xodimi Georgiy Cavkalyuk - hujjatda ko‘rsatilganidek, u 2022 yil oktyabr oyida Moldovada zo‘ravonlik namoyishlarini uyushtirgan va mamlakatning demokratik yo‘l bilan saylangan rahbariyatini almashtirish uchun "yashirin hukumat"ni yaratgan.
Ro‘yxatdagi beshinchi shaxs - rossiyalik tadbirkor Igor Chayka. U, Bryusselning versiyasiga ko‘ra, “Rossiya “hamyoni” rolini o‘ynagan, u yerda Kreml nazoratini kuchaytirish uchun "FSB"ning Moldovadagi aktivlariga mablag‘ o‘tkazgan”.
Bundan tashqari, 30 may kuni YeI Kengashi “Ukraina mustaqilligi, suvereniteti yoki hududiy yaxlitligiga tahdid soluvchi harakatlarga aloqador” ikki shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga Moldova Mintaqalar partiyasi rahbari Aleksandr Kalinin va Rossiyada joylashgan IFAVIS faxriylar va nogironlariga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi raisi Grigoriy Karamalac kiritilgan. Ularning ikkalasi ham Moldova-Rossiya fuqaroligiga ega.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
08:50 / 26.06.2026