O‘zbekiston | 09:34 / 01.06.2023
11351
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Eronga tashrif buyurishi kutilyapti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni Eronga tashrif buyuradi. Bu haqda Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkaz departamenti bosh direktori Rahmatulla Xormali Toshkentda tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi Newshub.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif arafasida Tehronda ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentabr kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Keyinroq Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy Samarqanddagi Kongress-markazda uchrashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi.

Shundan so‘ng Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentiga o‘zi uchun qulay vaqtda Eronga javob tashrifi bilan kelishni taklif qildi.

Mavzuga oid