Toshkentda Malibu-2, Lacetti va elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 2 ta yengil avtomobil va elektrobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketilgan.
Joriy yilning 5 iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 va 1970 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Yutong elektrobusi ishtirokida to‘qnashuv kuzatilgan.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, Lacetti svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmasdan harakatlanib, Malibu-2 avtomobiliga urilgan, Malibu esa boshqaruvni yo‘qotib, 81-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Yutong elektrobusi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomashinasi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:49
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
15:03 / 13.11.2024
Andijonda Damas ag‘darilib piyodalar yo‘lakchasida 9 yoshli qizchani bosib qoldi
13:19 / 13.11.2024
Penzadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni aniqlashtirildi
19:07 / 12.11.2024