Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdan O‘zbekistonga navbatdagi dori vositalari partiyasi yetib keldi
Foto: Dunyo
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatiga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositasining oltinchi partiyasini Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Mazkur aksiyani O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Qohiradagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tashkil etdi.
Umumiy hajmi 17 mingdan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Mavzuga oid
21:30 / 24.04.2026
Ohangaronda 19 xil sifati kafolatlanmagan dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
08:31 / 07.04.2026