Zelenskiy Kaxovka GES bo‘yicha Rossiyani xalqaro sudga berishini ma’lum qildi
Ukraina Kaxovka GES vayron qilingani sababli Rossiyaga qarshi Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi. Bu haqda Kiyevdagi matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni bo‘lib o‘tgan voqea haqida Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlarini allaqachon xabardor qilgan, BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan, Bosh prokuratura esa ekotsid moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
«Fojia oqibatlari bir hafta ichida ma’lum bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, suv ketgach... 35 tadan 80 tagacha aholi punktlarini suv bosishi, ichimlik suvi ta’minotida katta muammolar yuz berishi mumkin. Ichimlik suvi suv toshqini kuzatilmagan hududlarda katta muammolar keltirib chiqaradi. Butun mintaqada: Dnipropetrovsk, Zaporijjya va Xersonda», — dedi Zelenskiy.
Keyinroq Ukraina prezidentining telegram-kanalida oliy bosh qo‘mondon qarorgohida Kaxovka GESdagi vaziyat bo‘yicha razvedka hisoboti eshitilgani haqida xabar paydo bo‘ldi.
«Asosiy xulosa shuki, portlash ataylab qilingan, biroq dushman tartibsiz harakat qilib, o‘z texnikasini suv bosishiga yo‘l qo‘ygan. Shu bilan birga, to‘g‘onning portlashi Ukrainaning o‘z hududlarini qaytarib olish qobiliyatiga ta’sir qilmadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
00:15 / 09.11.2024
Axios: Ilon Mask Trampning Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ishtirok etgan
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024