Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Buyuk Britaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov 7 iyun kuni Buyuk Britaniya davlat kotibining tashqi ishlar, Hamdo‘stlik masalalari va xalqaro taraqqiyot bo‘yicha parlamentar o‘rinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ekologik yo‘nalishdagi sheriklikni mustahkamlash masalalari, shuningdek, xalqaro kun tartibining ayrim jihatlarini ham muhokama qildilar.
Bundan oldin O‘zbekiston Buyuk Britaniyadagi mehnat migrantlari soni bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirgani xabar berilgandi.
2022 yilda Buyuk Britaniya hukumati O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan muhojirlarga 6000 dan ortiq mehnat vizasi bergan, bu ularning umumiy sonining deyarli to‘rtdan bir qismidir. Bu yil Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar soni yanada ortishi mumkin.
Buyuk Britaniyadagi mavsumiy mehnat muhojirlari soni bo‘yicha O‘zbekiston Ukrainadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Qirg‘iziston esa to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026