O‘zbekiston | 11:38 / 12.06.2023
11661
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat yana asta-sekin ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat biroz pasayganidan so‘ng, ushbu haftada yana asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +37...+40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +41...+42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining o‘rtasi uchun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir.

Respublika hududi bo‘yicha ushbu hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 12-13 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

12-13 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda ushbu haftada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyunda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi +23...+25 daraja, kunduzi +37...+39 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid