Jamiyat | 10:20 / 12.06.2023
21010
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi bir nechta ko‘chalarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Ta’mirlash ishlari sababli Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining ba’zi joylarida soat 17:00 gacha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.

Foto: Getty images

Bugun, 12 iyun kuni Toshkent shahrining 2 ta tumanida ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

«Hududiy elektr tarmoqlari» xabariga ko‘ra:

Yakkasaroy tumanida: Usmon Nosir, K. Yashin, Jambil, Tadbirkor hamda Mirahmedov ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumanida: Shohsanam, Latofat va Bunyodkor ko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti uziladi.

Mavzuga oid