O‘zbekiston | 07:43 / 16.06.2023
9102
1 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi uzilishi oqibatida yetkazilgan zararni kim qoplaydi?

Foto: Getty Images

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari fuqarolarni ta’mirlash tufayli uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirishi kerak.

Qonunchilikka ko‘ra, elektr energiyasi iste’molchilari elektr energiyasi to‘liq hajmda va davlat standarti darajasida yetkazib berilmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplashni talab qilishga haqli.

Buning uchun iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi davlat organlariga yoki tumandagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish lozim.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr tarmog‘i ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirishi lozim.

Iste’molchilarga elektr yetkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘g‘risida ma’lumot berilishi shart.

Mavzuga oid