Jahon | 13:18 / 17.06.2023
10635
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon Eron fuqarolariga aeroportlarida viza berishni to‘xtatadi

Ozarboyjon o‘z aeroportlarida Eron fuqarolariga viza berishni to‘xtatadi, deb xabar berdi Vesti.Az nashri.

Foto: AP

Shuningdek, iyun boshida Ozarboyjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi. 

Eron elchixonasi Ozarboyjonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolaridan Bosh konsullikdan oldindan viza olishlarini so‘radi

Avvalroq Ozarboyjon TIV Eronning Bokudagi elchixonasi to‘rt nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilgan edi. 

Diplomatlarga 48 soat ichida Ozarboyjonni tark etish buyurilgan. Ozarboyjon TIV matbuot xizmati buning sababini «diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmaydigan va diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan faoliyat» bilan bog‘lagan. 

Ma’lum qilinishicha, Eronning Bokudagi elchisi Seyid Abbos Musaviy Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. 

31 mart kuni Ozarboyjon hukumati Eronni provokatsiyalarda aybladi. Jumladan, ularga «Eron tomonidan Ozarboyjon chegaralari bo‘ylab o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar, chegara ustidagi harbiy parvozlar, Eron rasmiylarining Ozarboyjonga qarshi bayonotlari, Ozarboyjonning Erondagi elchixonasiga qarshi terakt uyushtirilgani», shuningdek, Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanoniyning Ozarboyjon va Isroil o‘rtasida «Eronga qarshi hamkorlik» haqidagi bayonotlari sabab qilib keltirilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid