Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror suddan Trampga ish materiallarini oshkor qilishni taqiqlashni so‘radi
Maxsus prokuror Jyek Smitning jamoasi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan maxfiy hujjatlar bo‘yicha ish bo‘yicha sudyadan u va uning himoya jamoasi tergov jarayoni doirasida jinoiy ishda taqdim etilgan ayrim materiallarni ommaga oshkor qilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Smitning jamoasi prokuratura himoyaga topshirishi kerak bo‘lgan maxfiy bo‘lmagan materiallar orasida «davom etayotgan tergovga oid ma’lumotlar» borligini aytgan. Uning oshkor etilishi bu tergovni xavf ostiga qo‘yishi va ayblov qo‘yilmagan shaxslarni fosh qilishi mumkin.
«Topilgan materiallarga maxfiy va yashirin axborotlar, jumladan, shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlar, tergovning «maxfiy» usullarini oshkor etuvchi xabarlar va potensial guvohlar haqidagi ma’lumotlar kiradi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:25 / 06.07.2026
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini kechiktirdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026