Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan Xitoyning 13 ta harbiy samolyoti orolga yaqinlashganini ma’lum qildi
Tayvan Mudofaa vazirligi 13 ta Xitoy harbiy samolyoti orolga yaqinlashganini aniqladi, deb xabar berdi idora Twitter’da.
Foto: J-10 Fighter
Qayd etilishicha, bitta JH-7 qiruvchisi Tayvan bo‘g‘ozi shimolida o‘rta chiziqni kesib o‘tgan. Keyin samolyot ortiga burilib, qaytib uchib ketgan.
Tayvan harbiylari bunga javoban qiruvchi samolyotlarni trevoga bo‘yicha havoga ko‘tardi, kuzatuv uchun kemalar va yer-havo raketa tizimlarini joylashtirdi.
Avvalroq Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlari Sharqiy Xitoy dengizining bir qancha hududlarida o‘q otish mashqlarini boshlagan edi.
Mashqlar boshlanishi munosabati bilan bir qator hududlar kemalar harakati uchun vaqtincha yopildi. Gap Tayvan orolining shimolidagi Chjyejiang provinsiyasi sharqiy qismidagi Taychjou shahri suvlaridagi hududlar haqida bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, u yerdagi mashg‘ulotlar Toshkent vaqti bilan soat 08:30 dan beri davom etmoqda va Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da yakunlanishi kerak.
Ta’kidlanishicha, boshqa manyovrlar ham xuddi shu vaqtda boshlangan va Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha davom etadi.
Mavzuga oid
18:06 / 05.01.2026
O‘zbekiston JST a’zosi bo‘lish uchun faqat bir davlat bilan muzokarani yakunlashi qoldi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025