O‘zbekiston | 10:14 / 24.06.2023
20701
4 daqiqa o‘qiladi

25 iyun kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 25 iyun, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +19...+21 daraja, kunduzi +30...+32 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid