Baxtiyor Saidov YeXHT DIIHB saylovlarni kuzatish missiyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti YeXHT DIIHBning saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari, elchi Ursula Gachek bilan uchrashdi.
«Bugun Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ursula Gachek xonim oliyalari bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, hamkorlik yuzasidan samarali fikr almashilgan va DIIHB kuzatuvchilar missiyasining bo‘lajak prezident saylovida ishtirok etishi muhokama qilingan.
Missiya Toshkentda joylashgan 11 nafar xalqaro ekspert va 24 nafar uzoq muddatli kuzatuvchidan iborat asosiy guruhdan iborat bo‘lib, ular 14 iyundan boshlab butun mamlakat bo‘ylab joylashtirildi. DIIHB, shuningdek, saylov kunidan bir necha kun oldin keladigan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilarni jalb etishni rejalashtirmoqda.
Missiya saylovlarning YeXHT va boshqa xalqaro majburiyatlar, demokratik saylovlar o‘tkazish standartlariga hamda milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.
Kuzatuvchilar saylov kunigacha ham, keyin ham saylovning barcha jabhalarini diqqat bilan kuzatib boradi. Aniq yo‘nalishlar qatoriga normativ-huquqiy bazani amalga oshirish, saylovoldi tashviqot, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda, barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, saylovga oid nizolarni hal etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish kiradi. Kuzatuvchilar DIIHBning saylovlar bo‘yicha oldingi tavsiyalarining bajarilishini ham baholaydi.
Missiya saylovdan keyin matbuot anjumani o‘tkazib, dastlabki xulosalarni taqdim etadi. Butun saylov jarayonini baholovchi va tavsiyalar beruvchi yakuniy hisobot saylovdan bir necha oy o‘tgach e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024