Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 iyun kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi
O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 26 iyun, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+19 daraja, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:47 / 30.12.2025
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025