Jahon | 16:11 / 26.06.2023
15556
6 daqiqa o‘qiladi

Rostovda «Vagner» izlari, Baxmut atrofida janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 487-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Kartapolov «Vagner» XHK yollanma jangchilari Rostov-Donda «hech kimni ranjitmagani» va «hech narsani buzishmagani», shuning uchun tashkilotni taqiqlashga hojat yo‘qligini aytdi.
  • Voronej oblastidagi posyolkalardan birida vagnerchilar va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi otishma oqibatida 19 ta uy shikastlangan, bu haqda mahalliy rasmiylar xabar qilishdi. Rostov-Don meri esa isyon vaqtida 10 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘l qoplamasi zararlanganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan «Rybar» telegram-kanali xabar qilishicha, isyon oqibatida Rossiya armiyasi yettita bortdan ayrilgan, jumladan Mi-8 rusumli uch vertolyot urib tushirilgan, 20 dan ortiq uchuvchilar halok bo‘lgan.
  • Prigojinning matbuot xizmati u hozircha aloqaga chiqmayotganini bildirdi. Uni so‘nggi bor Rostov-Donni tark etayotganida ko‘rishgan. Isyon yakunlari haqida Prigojin shunday degan: «Normal natija. Barchani jonlantirdik».
  • Italiyaning La Repubblica nashriga ko‘ra, Prigojinning isyoni boshlangach, NATO vakillari  RF mudofaa vazirligi bilan bog‘langan. G‘arb bu harakati bilan birinchi navbatda ushbu isyonga aloqador emasligini yetkazishni istagan.
  • The New York Times va The Washington Post nashrlari esa AQSh razvedkasi bir necha kun muqaddam kongress rahbariyatini Prigojin qurolli isyon tayyorlayotgani haqida ogohlantirgani haqida yozdi.

Chasiv Yar yaqinidagi ukrain harbiylari

Ukraina qarshi hujumini davom ettirmoqda. Front chizig‘ida joylashgan aholi yashash manzillaridan biri — Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Chasiv Yar shahridir. Bu yerda may oyi o‘rtalaridan buyon Baxmut frontida qanotlarda yurish qilayotgan guruh shtabi joylashgan. Chasiv Yar Baxmut va Rossiya armiyasi pozitsiyalaridan 15 kilometr g‘arbda. Bahorda ushbu shahar qurshovga tushib qolishi xavfi paydo bo‘lgandi, ammo Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tishi Rossiya kuchlari yorib kirishining oldini oldi. Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya va Donetsk oblastlarida rossiyaliklarning front chizig‘idan bir necha kilometr ichkaridagi pozitsiyalarini artilleriya va dronlar bilan o‘qqa tutmoqda.

Ukrainaning Kosti Gordiyenko nomidagi 57-alohida motoo‘qchilar brigadasi harbiy xizmatchisi 2S1 «Gvozdika» gaubitsasidan Rossiya qo‘shinlari bo‘ylab beradigan zarbalarni yo‘naltirmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
2S1 «Gvozdika» gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasiga o‘t ochilmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning Kosti Gordiyenko nomidagi 57-alohida motoo‘qchilar brigadasi harbiylari tibbiy xizmatni bildiruvchi belgilar o‘rnatilgan M113 zirhli transportyorida harakatlanmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Yoda laqabli ukrainalik shifokor yaralangan xizmatdoshiga yordam ko‘rsatmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Yerda yotgan qonli bintlar
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Dnipro GES yaqinida ham daryo suv sathi sayozlashgan

Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishidan keyin Dniproda suv sathi keskin pasaydi — jumladan daryoning yuqori oqimida joylashgan hududlarda ham. Dnipro GES atrofida daryo tubi ko‘rinib qolgan. 

Reuters / Scanpix / LETA

Rostov-Donda «Vagner» izlari

Yevgeniy Prigojin e’lon qilgan «Adolat marshi»dan keyin 24 iyun tongida «Vagner» kuchlari Rostov-Donni egalladi, yollanma jangchilarning boshqa guruhi Moskva tomon harakatlandi. Yollanma jangchilar poytaxtga 200 kilometr qolganida to‘xtadi. Aleksandr Lukashenko bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Prigojin isyonni yakunlashga qaror qildi. 24 iyun kuni «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin avtomobilda Rostov-Donni tark etdi — shundan buyon u ko‘rinish bermayapti.

Rostov-Don meriyasidagilar vagnerchilarning texnikalari shaharda 10 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘l qoplamasini shikastlaganini ma’lum qilgan. Rasmiylar yo‘llarni ikki kun ichida ta’mirlashni va’da qilgan.

Rostov-Donda isyon kuni «Vagner» tanki tiqilib qolgan sirk darvozasi (keyinroq tank yo‘lni to‘sish uchun ataylab shunday joylashtirilgani aytildi). Tsirk Janubiy harbiy okrug shtabi binosi bilan yonma-yon joylashgan.
AP / Scanpix / LETA
Janubiy harbiy okrug shtabi atrofida tanklar gusenitsalaridan zararlangan asfalt qoplamasi
Kommunal xizmat xodimi Janubiy harbiy okrug shtabi binosi atrofini tozalamoqda
Kommunal xizmatlar Rostov-Dondagi yo‘lni ta’mirlamoqda

Mavzuga oid