Jahon | 09:42 / 28.06.2023
5818
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Prigojin bilan aloqador kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritdi

«Qora» ro‘yxatga oltin bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshiruvchi to‘rtta korxona, shuningdek, jismoniy shaxs - Rossiya fuqarosi kiritilgan. 

Foto: NeVSKIYe NOVOSTI

AQSh Moliya vazirligi, Vashingtonga ko‘ra, «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin bilan aloqador bo‘lgan yana to‘rt kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritdi

Markaziy Afrika Respublikasining ikkita korxonasi, Midas Resources tog‘-kon kompaniyasi va Diamville olmos savdo firmasi cheklovlarga duchor bo‘ldi. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklarining Industrial Resources General Trading savdo kompaniyasi, shuningdek, Rossiyaning Moskva viloyatidagi «DM» kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. 

Shuningdek, «qora» ro‘yxatga jismoniy shaxs - 1983 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Andrey Ivanov ham kiritilgan, Vashington uni Prigojin bilan aloqador deb hisoblayapti.

«Markaziy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Rossiyadagi tashkilotlar o‘z harbiy kuchlarini saqlab qolish va kengaytirish maqsadida «Vagner guruhi»ni, shu jumladan Ukraina va Afrikada ham moliyalashtirish maqsadida noqonuniy oltin operatsiyalarini amalga oshirgan», — deyiladi AQSh Moliya vazirligi matbuot-relizida. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid