Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij chekkasida o‘smirning o‘limidan so‘ng tartibsizliklar boshlandi
Avtomobilni boshqargan 17 yoshli o‘smir yo‘l-patrul xizmati xodimlari talabiga ko‘ra to‘xtashdan bosh tortgan va otib o‘ldirilgan. Parij yaqinidagi bir qancha shaharlarni tartibsizliklar qamrab oldi.
Foto: ZAKARIA ABDELKAF/AFP
Parij chekkasidagi Nanterda 17 yoshli o‘smirning politsiya qurol qo‘llashi natijasida o‘limi ortidan boshlangan tartibsizliklar Fransiya poytaxti yaqinidagi bir qancha qo‘shni shaharlarga ham tarqaldi, deb xabar bermoqda 28 iyun, chorshanba kuni AP.
Namoyishchilar chiqindi qutilari va mashinalarga o‘t qo‘ydi, favqulodda yordam mashinalariga feyyerverklar otdi, ko‘chalarda barrikadalar o‘rnatdi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan. Rasmiylarga ko‘ra, 15 kishi ushlandi.
To‘qnashuvlar mashinani boshqarayotgan yigit yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talabini bajarishdan bosh tortgani va politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilganidan ko‘p o‘tmay boshlangan. Politsiya xodimi qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen so‘zlariga ko‘ra, yosh haydovchining o‘limidan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritish maqsadida tergov ishlarini boshlagan.
Mavzuga oid
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
16:51 / 01.11.2025
Tartibsiz uy – charchagan ong: ortiqcha buyumlar kayfiyatimizga qanday ta’sir qiladi?
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
13:41 / 03.09.2025