Jamiyat | 22:19 / 29.06.2023
19886
1 daqiqa o‘qiladi

30 iyun kuni Toshkentda yoshlar uchun avtobusda yurish bepul bo‘ladi 

Shu kuni «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. 

Foto: Kun.uz

30 iyun - «Yoshlar kuni» munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar avtobuslardan bepul foydalanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati xabar berdi. 

Shuningdek, yoshlar bayramga bag‘ishlangan turli tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. 

«Toshshahartransxizmat» AJ xabariga ko‘ra, yoshlarning avtobuslarda bepul yurishi haqida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 1 iyundagi majlis bayoni qarorida belgilab qo‘yilgan. 

Yo‘lovchilarning yoshi qanday aniqlanishiga xabarda oydinlik kiritilmagan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid