Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga yordam masalasini muhokama qildi
Germaniya mudofaa vaziri AQShga tashrifi chog‘ida hamkasbi bilan Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlash va NATOni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Manuel Balce Ceneta/dpa/AP/picture alliance
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 28 iyun, chorshanba kuni AQShga bu lavozimdagi birinchi rasmiy tashrifi chog‘ida amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan Ukrainaga yordam ko‘rsatish va NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Tashrif chog‘ida Pistorius Ukrainadagi urush masalasida Germaniya va AQSh o‘rtasidagi «juda qizg‘in fikr almashuvi va yaqin aloqalar»ga e’tibor qaratdi. «Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda ko‘p narsaga erishdik», dedi u va Germaniya «bu urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun imkon qadar hamma narsani qiladi», deya qo‘shimcha qilib o‘tdi.
«Germaniya Ukraina suvereniteti va uning erkin yashash huquqini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini oldi», - dedi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Germaniyaning «Ukraina xavfsizligini ta’minlash va harbiylarni tayyorlash» sohasidagi yordamini ta’kidlab.
Tashrif chog‘ida Pistorius Yevgeniy Prigojinning isyoniga izoh berib, buni «hokimiyat apparatidagi yoriqlar belgisi» deb atadi. «O‘ylaymanki, qisqa vaqt ichida ish shu qadar uzoqqa borishi mumkin bo‘lsa, bu yerda nimadir noto‘g‘ri ketayotganidan dalolat berishini tushunish uchun Rossiya bo‘yicha mutaxassis bo‘lish shart emas», - dedi u.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
08:51 / 30.12.2025