Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir toifadagi eski haydovchilik guvohnomalarining muddati tugamoqda
2010-2012 yillarda berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 1 iyuldan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 2013-2015 yillarga oid guvohnomalar shu yil 30 sentabrgacha, 2015 yildan keyin berilgan eski namunadagi guvohnomalar esa 31 dekabrgacha amal qiladi.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun bir necha marta uzaytirilgan muddatlarning so‘nggisida ikkinchi bosqich yakunlanmoqda.
2010 yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2023 yil 1 apreldan boshlab haqiqiy emas deb hisoblana boshlagan edi.
2010-2012 yillarda berilgan shu turdagi guvohnomalarni almashtirishning oxirgi muddati – 2023 yil 30 iyun deb belgilangan. 1 iyuldan boshlab ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.
2013-2015 yillarda berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2023 yil 30 sentabrgacha, 2015 yildan keyin berilganlari esa 2023 yil 31 dekabrgacha yangisiga almashtirilishi lozim.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini o‘z vaqtida yangisiga almashtirishga ulgurmagan fuqarolar belgilangan muddatdan keyin ham yangi guvohnoma uchun ariza berishi mumkin. Bunda, muddat o‘tgani uchun jarima solinmaydi, qayta imtihon topshirish ham talab etilmaydi.
Biroq, muddati o‘tgan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanishi bois, ular bilan avtomashina boshqarish javobgarlikka sabab bo‘ladi. MJtKning 135-moddasiga asosan, hujjatsiz mashina boshqarganlik uchun 1 BHM (ayni paytda 330 ming so‘m) miqdoridagi jarima ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
17:35 / 15.05.2026