Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning NATO sammitida ishtirok etish bo‘yicha sharti ma’lum qilindi
Ukraina NATOning iyul oyidagi sammitida alyansdan a’zolik jarayonini boshlash taklifini olishga umid qilyapti. Agar NATO yetakchilari “matonat” ko‘rsatmasa, prezident Volodimir Zelenskiy tashkilot sammitida qatnashmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari, Zelenskiyning bosh diplomatik maslahatchisi Igor Jovkva ma’lum qildi.
Foto: Andriy Zhyhaylo / Obozrevatel / Global Images Ukraine / Getty Images
Uning Reuters'ga bergan intervyusida aytishicha, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasiga 11-12 iyul kunlari Vilyunsda bo‘ladigan sammitda javob olishni istayapti. Ukraina bu arizani o‘tgan yili 30 sentabrda bergan edi.
“Bu ariza hozir NATO bo‘yicha ittifoqchilar yetakchilarining stolida turibdi. Bu so‘rovimizga Vilnyus sammitida javob berilsa, bu jarayonning yaxshi boshlanishi bo‘lardi. Javob deganda biz bor-yo‘g‘i birinchi qadam tashlanishi – a’zolikka taklif olishni nazarda tutyapmiz”, – dedi diplomat.
Reuters'ning qayd etishicha, Ukraina NATOga qanchalik tez a’zo bo‘lishi kerakligi borasida Kiyevning ittifoqchilari turlicha pozitsiyalarga ega. Ayni paytda, ayrim g‘arb davlatlari alyansni Rossiya bilan urushga yaqinlashtiradigan har qanday qadamlardan xavfsirayapti.
Zelenskiyning maslahatchisiga ko‘ra, Kiyev NATOga Rossiya bilan urush sharoitida a’zo bo‘lishni imkonli deb hisoblayapti. “Biz jarayonni boshlashni so‘rayapmiz”, – dedi u, o‘z fikrini kuchliroq ifodalash uchun stolga bir urib qo‘ygan holda.
Ukraina pozitsiyasiga ko‘ra, mamlakatning Rossiya bosqiniga qarshi turib bera olayotgani uning NATOga a’zo bo‘lishga munosib ekanini ko‘rsatadi. Kiyev o‘zini Transatlantika mintaqasidagi xavfsizlikning muhim qismi sifatida ko‘rsatyapti.
Avvalroq Zelenskiyning ofisi prezident Vilnsyuga borish-bormaslik masalasida sammitga oz vaqt qolganda bir qarorga kelishini bildirgandi. Reuters'ga ko‘ra, Ukraina yetakchisi tadbirda ishtirok etmasa, bu sammitda yangraydigan G‘arbning birligi haqidagi bayonotlarga soya soladi. Shu bilan birga, Volodimir Zelenskiy Vilnyusga bormay, o‘z mamlakatining eng asosiy tarafdorlari bilan bevosita uchrashish va muzokara o‘tkazish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026