O‘zbekiston | 16:20 / 04.07.2023
8253
2 daqiqa o‘qiladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarga jinoiy javobgarlik yengillashtiriladi

Qonunchilik palatasining majlisida “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng, uning oqibatlari kelgusi hayotiga ta’sir qilmasligi va o‘z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta’minlash maqsadida voyaga yetguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.  

Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirish imkonini beradi.  

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilinib, qabul qilindi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid