ÖRQ–1130-sonli qonun bilan Jinoyat kodeksi va boşqa qonun hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Unga muvofiq, voyaga yetmagan şaxs tasvirlangan yoki iştirok etgani aybdorga ayon bölgan pornografik mahsulotni tarqatiş maqsadida saqlaş, agar bunday harakatlar uçun avval ma’muriy jazo qöllanilgan bölsa, jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Bunday hollarda aybdorga katta miqdorda jarima, axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazolari qöllanilişi mumkin.

Şuningdek, qonunçilikka voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili tuşunçasi kiritildi. Endi guvoh voyaga yetmagan şaxs bölgan taqdirda, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida qonuniy vakil işda iştirok etadi.

Qonuniy vakil sifatida ota-ona, farzandlikka olgan şaxs, vasiy yoki homiy, şuningdek vasiylik va homiylik organi vakillari iştirok etişi mumkin. Ularning işda qatnaşişi suriştiruvçi, tergovçi yoki prokuror qarori, sud tomonidan esa ajrim asosida ta’minlanadi.

Bundan taşqari, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatiş maqsadida saqlaganlik uçun ma’muriy javobgarlik ham belgilandi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.