Rossiya pasportiga ega isroillik ayol Iroqda o‘g‘irlab ketildi
Iroqdagi shia isyonchilari asli kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan isroillik olima Yelizaveta Tsurkovni garovda ushlab turibdi, deya xabar beradi Isroil bosh vazirining idorasi.
Bir necha oy oldin Iroqda g‘oyib bo‘lgan Isroil va Rossiya fuqarosi Yelizaveta Tsurkov shialarning yarim harbiylashgan guruhi tomonidan garovga olingan. Bu haqda 5 iyul, chorshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi ma’lum qildi.
«Yelizaveta Tsurkov hali ham tirik, uning taqdiri va xavfsizligi uchun javobgarlik Iroq zimmasida, deb hisoblaymiz», — deyiladi bayonotda. Voqea bilan Isroilning tegishli idoralari shug‘ullanmoqda.
Kanselyariyaning qayd etishicha, Tsurkov Iroqqa o‘z tashabbusi bilan doktorlik dissertatsiyasini yozish va AQShning Prinston universiteti uchun tadqiqot olib borish maqsadida jo‘nab ketgan olimadir. Isroil fuqarolarining Iroqqa kirishiga ruxsat berilmagani uchun ayol Rossiya pasportidan foydalangan.
Ismini oshkor etmagan isroillik diplomatning Jerusalem Post nashriga aytishicha, Tsurkov mart oyidan beri bedarak yo‘qolgan. Uning Twitter’dagi oxirgi posti sanasi - 21 mart.
Kan radiosiga ko‘ra, Tsurkov Suriya, shuningdek, IShID terrorchilik guruhi faoliyati bo‘yicha mutaxassis. Uning tadqiqotlari shia imomi tarafdorlari va Livan harbiy tuzilmalari harakatini qiyosiy tahlil qilishni o‘z ichiga olgan. O‘g‘irlanishidan oldin Tsurkov Iroq va Livanda dala tadqiqotlari olib borgan.
Mavzuga oid
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024
Iroqda qizlar uchun nikoh yoshini 9 ga tushirish taklif etildi
20:54 / 11.08.2024