Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Ukrainadagi urushni besh daqiqada tugatishi mumkin - Zelenskiy
Ukraina hududlarini Rossiyaga topshirish evaziga Bayden urushni besh daqiqada tugatishi mumkin, ammo biz bunga rozi bo‘lmaymiz, dedi Zelenskiy.
AQSh prezidenti Jo Bayden agar Kiyev Rossiya nazoratidagi hududlardan voz kechsa, Ukrainadagi urushga besh daqiqada barham berishi mumkin, biroq Kiyev bunday yo‘lga rozi bo‘lmaydi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy ABC News telekanaliga.
Shu tariqa u 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, prezidentligining birinchi kunida urushga barham berishni va’da qilayotgan sobiq prezident Donald Trampning bayonotlariga izoh berdi.
«Urushni tugatish istagi ajoyib. Ammo bu istak qandaydir haqiqiy tajribaga asoslangan bo‘lishi kerak. Donald Tramp o‘z davrida bunday 24 soatga ega edi. Biz urush holatida edik, albatta to‘liq urush emas, lekin biz urush holatida edik. Menimcha, unda (urushning oldini olish uchun) imkoniyat bor edi. Lekin u boshqa muhim narsalar haqida o‘ylagan ko‘rinadi», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti fikriga ko‘ra, Bayden ham bunday imkoniyatga ega.
«Agar biz Ukraina hisobiga urushni tugatish, ya’ni hududlarimizni berib qo‘yish haqida gapiradigan bo‘lsak, menimcha, shu yo‘l bilan Bayden urushni hatto besh daqiqada tugatishi mumkin. Ammo biz bunga rozi bo‘lmaymiz», dedi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina rahbari AQSh prezidenti saylovidan keyin ham ikkita partiyaning qo‘llab-quvvatlashi saqlanib qolishi muhimligini aytdi. Ammo, uning ta’kidlashicha, yordamni qisqartirish bo‘yicha ba’zi siyosatchilardan «xavfli signallar» bor.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushiga 24 soat ichida barham berishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan. U buni qanday qilishini oshkor etmadi. Tramp, shuningdek, 10 daqiqa ichida yevropalik ittifoqchilarni Ukrainaga ko‘proq pul sarflashga ko‘ndira olishini aytdi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30 / 17.06.2026