O‘zbekiston | 10:02 / 12.07.2023
9539
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi 

Yuy Tszyun

Yuy Tszyun Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi saytida ma’lumot e’lon qilindi.

Yuy Tszyun 1972 yil avgust oyida tug‘ilgan. U bundan avval TIVning tegishli bo‘lim va idoralarida ishlagan.

Shuningdek, Yuy Tszyun Xitoyning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida xizmat olib borgan.

2023 yilning fevral oyi boshida Xitoy elchisi Tszyan Yan O‘zbekistondagi missiyasini yakunlagandi. 

Ma’lumot uchun, Tszyan Yan 2018 yil 28 fevralda Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini topshirgandi.

Mavzuga oid