Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 iyuldan Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi boshlanadi
Talabgorlar 1 soat vaqt davomida matematikadan 30 ta test topshirig‘ini bajarishi lozim.
Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.
Hududlar kesimida bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon (267 ta) va Farg‘ona (229 ta) viloyatida, eng past ko‘rsatkich Sirdaryo (80 ta) va Navoiy (74 ta) viloyatida qayd etilgan.
Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari 15 iyul kuni 3 smenada: 1-smena soat 8.00 da, 2-smena 12.00 da hamda 3-smena 17.00 da bo‘lib o‘tadi. Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida matematikadan 30 ta test topshirig‘ini bajarishi lozim.
Imtihon joyi va boshqa zarur ma’lumotlar talabgorning telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida yuborilgan.
Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bo‘lib o‘tadigan joyga kelishi kerak.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025