Jahon | 11:37 / 14.07.2023
4938
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden Yevropaga 3000 gacha zaxiradagi harbiy xizmatchini yuborishga ruxsat berdi

Zaxiradagi harbiy xizmatchilarni Yevropaga jo‘natishda gap qo‘shimcha kuchlar haqida ketayotgani yo‘q, deb tushuntirdi AQSh Mudofaa vazirligi.

Foto: Getty Images

AQSh Mudofaa vazirligi kelajakda zaxiradagi 3000 nafargacha harbiy xizmatchidan Yevropada joylashtirish uchun foydalanishi mumkin. «Biz NATOning Atlantic Resolve operatsiyasini AQSh Yevropa qo‘mondonligi mas’uliyat zonasida va uning atrofida samarali o‘tkazish uchun Amerika qo‘shinlarining faol kontingentini kuchaytirishimiz kerak», deyiladi AQSh prezidenti Jo Bayden payshanba, 13 iyul kuni tomonidan imzolangan yangi farmonda.

EUCOM’ning qayd etishicha, ushbu farmon AQShning Yevropadagi qo‘shinlari sonini o‘zgartirmaydi. Gap qo‘shimcha kuchlar haqida ketayotgani yo‘q, dedi jurnalistlarga Pentagon qo‘shma shtabi operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Duglas Sims. Aksincha, zaxiradagi harbiy xizmatchilar «faol» kontingent tarkibida ilgari harbiy xizmatchilar tomonidan bajarilgan vazifalarni bajarishi mumkin bo‘ladi. Oxir-oqibat, Pentagonga ko‘ra, ularni qanday joylashtirish bo‘yicha qaror EUCOM qo‘mondonligida qabul qilinadi. 

«Bu Ukrainadagi noqonuniy va asossiz urushdan so‘ng NATOning sharqiy qanoti mudofaasiga sodiqligini tasdiqlaydi», — dedi Sims. Mudofaa vaziri Lloyd Ostin zaxiradagi askarlarni tez orada joylashtirishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, aniq emas, deb yozadi Politico, ammo bu harakat AQSh armiyasining Yevropadagi o‘quv missiyasida qo‘shinlarga qo‘shimcha ish yuklatilishini anglatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid