Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» o‘z tarixidagi eng qimmat transferni e’lon qildi
Foto: Arsenal
«Vest Hem» yarimhimoyachisi Deklan Rays faoliyatini «Arsenal»da davom ettiradi.
London klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchi «kanonirlar» bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, «Arsenal» Rays transferi uchun «Vest Hem»ga 100+5 million funt to‘laydi. Shu tariqa, bu o‘tish «Arsenal» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Rays esa eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi.
Futbolchi yangi klubida 41-raqam ostida to‘p suradi.
A new chapter begins. pic.twitter.com/ha5Btd8I2h
— Arsenal (@Arsenal) July 15, 2023
Ma’lumot uchun, Rays «Vest Hem» safida jami 245 ta o‘yinda, Angliya milliy jamoasi libosida esa 43 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Mavzuga oid
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
11:57 / 11.12.2025
«Real» «Siti»ga yutqazdi, «Arsenal»da yana yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
10:09 / 07.12.2025