O‘zbekiston | 13:01 / 15.07.2023
8626
1 daqiqa o‘qiladi

Oqtoshda sharshara yaqinida yiqilib, tan jarohati olgan ayol qutqarildi

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ayni vaqtda ayolning umumiy ahvoli yaxshi.

Kecha, 14 iyul kuni soat 12:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga sharshara yaqinida yiqilib, tan jarohati olgan ayol haqida xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani «Oqtosh» MFY hududi Qoraqiya tog‘idagi sharshara yaqinida dam olish uchun borgan 64 yoshli ayol o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, tan jarohati olgan va shu sababli yura olmagan.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan ayol xavfsiz joyga olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda ayolning umumiy ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid