Toşkent viloyatining toğli Böstonliq tumanidagi Oqtoş qişloğida bodom gullagani xabar qilindi.
Iqlimşunos Erkin Abdulahadovning ma’lumot berişiça, bu hudud uçun ommaviy gullaşga öxşamaydi.
«Oy davomida yuqori issiqlik tölqinlari daraxtlar tanasiga issiqlik stressini ulaşişda davom etmoqda.
Hatto toğlarda qişki uyquga otlangan bodom daraxtida qayta faollik hamda gullaş davri kuzatilibdi.

Bu hudud uçun ommaviy gullaşga öxşamaydi. Menimça, mikroiqlim yoki daraxt ildizi atrofida issiqlik uzatiş tizimlari ta’siri bölişi mumkin (balki daraxt fiziologiyasida muammolar bordir)», deb yozadi Erkin Abdulahadov.
Ta’kidlanişiça, bu toğ landşafti uçun juda noodatiy hodisa hisoblanadi.












