Surxondaryo toğlaridagi daralar orasida yurtimiz ekologiya tizimining durdonalaridan biri – Sangardak şarşarasi joylaşgan. Qadimdan odamlarni öziga rom qilib kelayotgan sölim maskanga sayohatimizdan bir olam taassurot bilan qaytdik.

Sangardak şarşarasi Özbekistonning Tojikiston bilan çegaradoş hududida, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida joylaşgan. Agar boşqa viloyatda istiqomat qilsangiz, u holda dastlab Surxondaryo viloyati markazi Termiz şahriga yetib borişingiz, u yerdan poyezd yoki taksiga ötirib, Sariosiyo tumaniga yöl olişingiz lozim. Bu esa qariyb 150 km masofa bölib, 2-3 soat vaqtni oladi. Aytiş lozimki, avtomobil yöllarining sifati qoniqarli darajada.

Sariosiyo tumani subtropik içkikontinental iqlim zonasida, Hisor toğ tizmasi etagida joylaşgan. Bu toğlardan Surxondaryo, Töpolangdaryo, Obizarang va boşqa daryolar irmoq oladi. Hududning hayvonot va ösimlik dunyosi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Toğlarda jayron, böri, tulki, quyon, bars va hatto qönğir ayiqlar yaşaydi. Yovvoyi holda arça, pista, bodom, yonğoq, olma, zirk, na'matak ösadi.

Sariosiyodan mahalliy taksi qatnovi orqali 60 km yöl bosib, Sangardak darasiga, şu nomdagi şarşaraga yetib oliş mumkin.

Sangardak şarşarasi toğ daryosidan emas, balki ğorlar içidagi karst daryolaridan şakllanadi, qoya toşlar orasidan sizib çiqadi. Şu sababli xalq orasida u haqda qadimdan turli afsona va ertaklar töqilgan, möjizakor tasavvurlar paydo bölgan.

Sangardak – Özbekistonning eng baland şarşaralaridan biri. Uning balandligi 60-70 metrgaça boradi. Suv serob böladigan bahor oylarida 100 metrgaça yetişi mumkin. Şarşara may oyi örtalaridan to sentabr oyi örtalarigaça sayyohlar bilan gavjum böladi.

Şarşara oldi sayyohlarga qulaylik tuğdiriş uçun obod qilingan, panjara bilan öralib, mö'jaz darvoza qurilgan. Unga olib çiqadigan söqmoqqa zinapoyalar va ayvonlar barpo etilgan. Hududga kiriş bepul.