15:00 / 17.07.2023
33683
Reklama

Toshkent amaliy fanlar universiteti – ta’lim va tajriba uyg‘unlashgan makon

Toshkent amaliy fanlar universiteti 12 yo‘nalishda talabalarni o‘qishga qabul qiladi. Xorij tajribasi asosida ta’lim, zamonaviy o‘qitish usullari va malakali mutaxassislar tomonidan sifatli tahsil olishni istagan abituriyentlar uchun onlayn imtihon topshirish imkoniyati mavjud.

Toshkent amaliy fanlar universitetida o‘qitish o‘zbek tilida amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish uchun alohida binolarda tahsil olish mumkin. Bu binolar aynan o‘sha yo‘nalishga mo‘ljallab jihozlangan va jahon standartlari talablari asosida beriladigan ta’limning zamonaviy ko‘rinishi yaratilgan.

Toshkent amaliy fanlar universiteti oliy ta’limda ham, professional sohada ham xalqaro universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega. 

“Universitetimiz ichki tizimida xalqaro nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi talabalarimiz va o‘qituvchilarimiz xorijlik talabalar, professorlar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

O‘qishga qabul qilishda faqatgina test natijalariga bog‘lanib qolmaganmiz. Qabul jarayoni IQ testlardan iborat. Bu abituriyentning fikrlash doirasi kengligi, bilim saviyasi yuqoriligini aniqlab beradi”, - deydi universitetning Marketing bo‘limi rahbari Go‘zal Boychayeva.

Toshkent amaliy fanlar universitetida imtihonlar onlayn topshiriladi. Xorijda yoki chekka hududda turib ham mazkur ta’lim muassasasiga imtihon topshirish mumkin. Bu yerda faoliyat yuritayotgan 360 nafar professor-o‘qituvchilarning 100ga yaqini fan nomzodlari bo‘lsa, 30 nafari fan doktori darajasiga ega.

Universitetning asosiy vazifasi talabalar orasida kasbiy mahoratni rivojlantirishdan iborat. Buning uchun 1-kursdanoq talabalar nazariy bilimni amaliyot bilan mustahkamlab borishadi. 2-kursdan esa “5+1” dasturi asosida haftada bir kun davomida ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashadi.

Natijada ular bitiruvchi sifatida eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalardan biriga qabul qilinishlari uchun o‘zlarining rezyumelarida barcha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Talabalarda ta’limga ishtiyoqni oshirish maqsadida universitetda turli tanlovlar e’lon qilinadi va faol talabalar uchun grant o‘rinlar ajratiladi. Shunday konkurslar asosida xorijda o‘qish imkoniyati ham yaratiladi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti qabuliga abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

 • Bank ishi

• Iqtisodiyot

• Buxgalteriya

• Moliya

• Pedagogika va psixologiya

• Boshlang‘ich ta’lim

• Maktabgacha ta’lim

• Tarix

• Ingliz tili va adabiyoti

• O‘zbek tili va adabiyoti

• Informatika va matematika

• Kompyuter injiniringi (IT).

Ma’lumot o‘rnida: Toshkent amaliy fanlar universiteti 2021 yilda tashkil etildi. Universitet Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 11 dekabrda taqdim etilgan litsenziyaga ega. Universitet ochilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytilgan edi.

Telefon: 71 200 05 40

Instagram: @utas.uz

Telegram-bot: utasunibot

Veb sayt: utas.uz

Telegram: http://t.me/utasuz

Reklama huquqi asosida

Top