11:04 / 19.07.2023
4926

Xitoy qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kemani uchirishga tayyorlanmoqda

Xitoyning qayta foydalanish mumkin bo‘lgan birinchi kosmik kemasi «kelajakda Xitoyning kosmik stansiyasini qurish va Oyga qo‘nishda muhim rol o‘ynaydi», dedi taykonavt Yang Livey.

kosmik kema maketi

Xitoyning birinchi qayta ishlatiladigan kosmik kemasi 2027 yildayoq uchiriladi. Xitoyning ochiq kosmosga chiqqan birinchi taykonavti Yang Livey bunga ishonch bildirdi. Uning so‘zlarini 19 iyul, chorshanba kuni The South China Morning Post nashri keltirdi. 

Mutaxassis fikricha, kema «kelajakda Xitoy kosmik stansiyasini qurish va Oyga qo‘nishda muhim rol o‘ynaydi». U yettita taykonavtni tashish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Kema Yerga yaqin orbitaga parvozlar uchun ham, koinotni chuqur o‘rganish uchun ham mo‘ljallangan, deb yozadi nashr. 

To‘liq o‘lchamli prototip 2020 yilda Long March 5 raketa tashuvchisi yordamida 67 soatlik sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi, deyiladi nashr ma’lumotida. Unga ko‘ra, kemaning asosiy qismlari ketma-ket 10 martagacha ishlatilishi mumkin, bu esa uchirish narxini sezilarli darajada kamaytiradi. Dpa ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma SpaceX’ning Dragon V2 qurilmasidan taxminan ikki baravar katta va og‘irroq bo‘ladi. 

Xitoy 2030 yilgacha Oyga taykonavtlarni yubormoqchi. 

Avvalroq, 30 may kuni Xitoy uch ekipaj a’zosi bo‘lgan «Tiangong» kemasini orbital stansiyaga uchirgan edi. Ular orasida birinchi fuqarolik taykonavti, foydali yuklama bo‘yicha mutaxassis Guy Xaychao ham bor. Yaqin vaqtgacha Xitoydan koinotga faqat harbiylar uchar edi. 

Top