Sport | 18:55 / 20.07.2023
19055
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi. O‘zbekiston avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qoldi

FIFA sayti milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.

Foto: UFA

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi reytingda 74-o‘rinni saqlab qolgan. Srechko Katanets shogirdlari mart oyigacha 77-o‘rinda edi. Vakillarimizning Osiyo qit’asidagi o‘rni ham o‘zgarmagan – 10-o‘rin.

FIFA reytingida ham o‘nlik o‘zgarmadi. Argentina milliy jamoasi 1-o‘rinda bormoqda, Fransiya 2-o‘rin, Braziliya 3-o‘rindan joy olgan.

Keyingi o‘rinlarni Angliya (4), Belgiya (5), Xorvatiya (6), Niderlandiya (7), Italiya (8), Portugaliya (9) va Ispaniya (10) o‘nlikdan joy olgan.

Osiyo jamoalari orasida esa Yaponiya reytingda 20-o‘ringa ko‘tarilib, peshqadam sanaladi. Shuningdek, qit’ada top-10likdan Eron (24), Avstraliya (27), Janubiy Koreya (28), Saudiya Arabistoni (54), Qatar (59), Iroq (70), BAA (72), Ummon (73) va O‘zbekiston (74) joy olgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy jamoasi mart oyida 74-o‘ringa ko‘tarilib, oxirgi 5 yillikdagi eng yaxshi natijasiga erishgandi. Bungacha vakillarimiz 2018 yil fevral oyida 72-o‘ringa ko‘tarilgan, shundan so‘ng 95, 84, 83, 82, 77-o‘rinlarni egallagandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 10 sentabrga o‘tar kechasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida AQShga qarshi maydonga tushsa, 12 sentabr kuni KONKAKAF chempioni Meksika milliy jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Mavzuga oid