Rossiya Ukrainaning Qora dengiz portlari blokadasi haqida e’lon qildi
20 iyuldan boshlab Qora dengizda Ukraina portlariga suzib ketayotgan barcha kemalar harbiy yuklarni potensial tashuvchilar sifatida ko‘riladi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Foto: Reuters
Rossiya amalda 20 iyuldan boshlab Ukrainaning Qora dengiz sohillari blokadaga olinganini e’lon qildi. Qora dengizdagi Ukraina portlariga ketayotgan barcha kemalar harbiy yuklarni potensial tashuvchilar sifatida ko‘rib chiqiladi va bunday kemalarda bayrog‘i o‘rnatilgan mamlakatlar «Ukraina mojarosida Kiyev rejimi tomonida ishtirok etgan deb hisoblanadi», deya ma’lum qildi, 19 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi.
U qo‘shni davlat portlari blokadasini Moskvaning «g‘alla bitimi»dan chiqishi bilan izohladi (matnda bu voqea «Qora dengiz tashabbusi» faoliyatining to‘xtatilishi va dengiz humanitar koridorining cheklanishi» deb ataladi).
Bundan tashqari, Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz xalqaro akvatoriyalarining shimoli-g‘arbiy va janubi-sharqiy qismidagi bir qator hududlar navigatsiya uchun vaqtincha xavfli deb e’lon qilingani va «dengizchilar uchun xavfsizlik kafolatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirishlar joriy etilgani» haqida ma’lumot berdi.
«G‘alla bitimi» deyarli bir yil davomida amal qildi. Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlar 2022 yil 22 iyulda Istanbulda 120 kunga tuzilgan, keyin esa uch marta uzaytirilgan. Bitimlardan biri Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan don eksportini tartibga soladi.
Boshqa qismi Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarining jahon bozorlariga chiqishi bilan bog‘liq. Moskvaga ko‘ra, u bajarilmagan. 18 may kuni Rossiya oxirgi marta bitimni yana 60 kunga, ya’ni 17 iyulgacha uzaytirishini e’lon qilib, uning shartlari qanday amalga oshirilayotganini baholash uchun bu vaqt yetarli bo‘lishi haqida ogohlantirgan.
17 iyul kuni Moskva «g‘alla bitimi» bekor qilinganini bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu qarorni Rossiyaga tegishli Qora dengiz kelishuvlarining bir qismi shu paytgacha bajarilmagani bilan izohladi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Jamiyat | 19:40
-
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida
O‘zbekiston | 19:36
-
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19
-
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

17:31 / 13.03.2025
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari

17:20 / 13.03.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

16:25 / 13.03.2025
Zelenskiy otashkesimga rozi, Putin-chi?

09:47 / 13.03.2025