O‘zbekiston | 09:50 / 21.07.2023
4509
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kompaniyasi O‘zbekiston tibbiyot sohasiga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti

O‘zbekistonning Dubaydagi (Birlashgan Arab Amirliklari) Bosh konsulligida AQShning 3rd Curve Healthcare kompaniyasi rahbari, doktor Shadi Shalaxti bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Unda O‘zbekistonga xorijiy investitsiya va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

3rd Curve Healthcare kompaniyasi rahbari tibbiyot muassasasi qurish, xalqaro standartlarga javob beradigan tibbiyot kadrlarini tayyorlash bazasini yaratish orqali O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. Shadi Shalaxtining aytishicha, ushbu loyihalar nafaqat O‘zbekiston aholisiga xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni olish, balki mamlakatni Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik tibbiy markazga aylantirish uchun ham sharoit yaratadi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar so‘ngida 3rd Curve Healthcare kompaniyasi rahbariyatining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish, tashrif davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilot hamda idoralar rahbarlari bilan uchrashib, sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha kelishib olindi. 

Mavzuga oid