O‘zbekiston | 18:10 / 24.07.2023
8654
1 daqiqa o‘qiladi

Da’vo arizasini qanoatlantirish evaziga 50 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

U kelishilgan puldan 25 ming dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 25 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda da’vo arizasini qanoatlantirish evaziga katta miqdorda pul so‘ragan shaxs ushlandi.

Qayd qilinishicha, U.D. Rossiya fuqarosi A.Sh. va boshqalarning «O‘.T» korxonasiga yetkazib bergan ishlab chiqarish uskunalari uchun 3,6 mln dollarni undirish haqidagi Toshkent shahar iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlab, da’vo arizasini qanoatlantirish haqida qaror chiqartirib berishini aytgan. Buning evaziga 50 ming dollar so‘ragan va kelishilgan puldan 25 ming dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 25 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid